Advertisement

AbroBey – Qimmat dunyo (Mood video)



Singer: AbroBey (

Video by: MamurjonOkay (

Mixing:

Assistant: Shakhzot Khabibullayev (

Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulugʻ ne’matmi?
Yoʻqmi inson qiymati?!

Oʻylab qolaman, oʻtkinchi olam,
Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam?
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam,
Mensimasdan qarar koʻz qiridan.

Sezmay qolaman, aldaydi odam,
Qoʻrqmaydi, harom non yer hiyladan.
Maqsad — sotish, hatto sotuvda badan,
Tavba qil, qoʻrq olov taftidan.

Unutma, ey inson, bu — foniy dunyo,
Boʻlma razil, tushdamassan, bu — roʻyo.
Oʻylaysan hammasi yaxshidek goʻyo,
Sen sabab yo haq, yo nohaq bu dunyo.

Tuzilgan shunaqa “qora dastur”,
Piyodasan, yoʻqmi moshina — ozgina past tur.
Boy kasal boʻlsa, doʻxtirlar hammasi gʻamxoʻr,
Kambagʻalning joni ogʻrisa, “Navbatda jim tur!”

Boʻlsa boldi bitta yangi iPhone,
Oʻtdi vaqt maqsadsiz, doim birga shayton.
Qora Gentra, 3-4 soʻm pul, ol senga maydon,
Tulki, boʻri, ilon — oʻzi shularmi hayvon?

Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulugʻ ne’matmi?
Yoʻqmi inson qiymati?! (2x)

Tan olaman, koʻp narsa bogʻliq pulga,
Suzmayman, mayli, qarshi oqimga.
Kechib ketdi bir chaqa deb, ogʻir botdi dilga,
Bor bogʻliq narsalar — pulgamas, koʻngilga.

Aytaman bitta gapni oʻsha boy zoʻrlarga,
Savol-javob bitta joyda, sen va pulga zorlarga.
Sevgandim — berishmadi, doʻstman qora tunlarga,
Yor-yor bilan ketdi qasri borlarga.

Oʻylab qolaman, oʻtkinchi olam,
Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam?
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam,
Mensimasdan qarar koʻz qiridan.

Dunyo shunchalar qimmatmi?
Shu pulsiz zulmatmi?
Boylik — eng ulugʻ ne’matmi?
Yoʻqmi inson qiymati?!

Dunyo…



source

44 comments
@islombekkarimov5441

Faqat xayottiy narsalar qoshiq qilingan 👆🏻

@BMWsporting

Musofir xayotidan olingan armon u orzular 😢😢😢

@NigoraSoliyeva-z1r

😮😮😮😮 zor chiqipti❤❤❤❤❤❤

@Forchildren-k6q

Гап юк лекин мягга дам беряпти

@sulaymon___888

Assalamu alaykum Oğa 2024 yil ham eshitamiz

@Sop425

Да это песня горкой правду